Ўзтемирйўлконтейнер

Ўзтемирйўлконтейнер Your Logistics Capabilities

“BELORUS KARVONI” NOMLI IKKINCHI YUK POYEZDI O‘ZBEKISTONGA YETIB KELDIO‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi P...
11/08/2026

“BELORUS KARVONI” NOMLI IKKINCHI YUK POYEZDI O‘ZBEKISTONGA YETIB KELDI

O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi Prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Belarus–O‘zbekiston yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk poyezdlari qatnovini tashkil etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur kelishuvlar doirasida Belarus Respublikasining Vitebsk viloyatida joylashgan Orsha-Vostochnaya stansiyasidan yo‘lga chiqqan “Belorus karvoni” nomli ikkinchi yuk poyezdi 7 sutkada O‘zbekistonning Chuqursoy stansiyasiga yetib keldi.

Jami 44 ta vagondan iborat poyezd tarkibidagi yuklar Chuqursoy stansiyasi orqali keyinchalik Axtachi, Rouston, Nazarbek va Kakir stansiyalariga yetkazib beriladi.

Poyezd tarkibi yog‘och va yog‘ochni qayta ishlash mahsulotlari, shakar, plita mahsulotlari hamda turli xalq iste’moli tovarlaridan iborat.

Mazkur yuk poyezdining qisqa muddatda manzilga yetib kelishi O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi transport-logistika aloqalarini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama savdo hajmini oshirish hamda muntazam yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

〰️〰️〰️

ВТОРОЙ ГРУЗОВОЙ ПОЕЗД «БЕЛОРУССКИЙ КАРАВАН» ПРИБЫЛ В УЗБЕКИСТАН

В соответствии с договорённостями, достигнутыми между Президентами Республики Узбекистан и Республики Беларусь, последовательно продолжается практическая работа по организации прямого грузового железнодорожного сообщения по маршруту Беларусь – Узбекистан.

В рамках достигнутых договорённостей второй грузовой поезд «Белорусский караван», отправившийся со станции Орша-Восточная, расположенной в Витебской области Республики Беларусь, прибыл на станцию Чукурсай в Узбекистане за 7 суток.

Грузы в составе поезда, насчитывающего 44 вагона, после прибытия на станцию Чукурсай будут направлены на станции Ахтачи, Роустан, Назарбек и Какир.

В составе поезда перевозятся пиломатериалы, сахар, плитные материалы, а также различные товары народного потребления.

Прибытие данного грузового поезда в столь короткие сроки имеет важное значение для дальнейшего развития транспортно-логистических связей между Узбекистаном и Беларусью, увеличения объёмов двусторонней торговли, а также организации регулярных грузовых перевозок между двумя странами.

XALQARO LOGISTIKA: TERMINLAR VA TUSHUNCHALARCOC va SOC — tashish jarayonida konteynerning kimga tegishli ekanligini bild...
11/08/2026

XALQARO LOGISTIKA: TERMINLAR VA TUSHUNCHALAR

COC va SOC — tashish jarayonida konteynerning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi logistika atamalaridir.

COC (Carrier Owned Container) — tashuvchi/operatorga tegishli konteyner. Masalan, konteyner Maersk, MSC, CMA CGM yoki boshqa tashuvchining mulki bo‘ladi. Mijoz undan tashish davomida foydalanadi va belgilangan muddatda qaytarishi kerak. Kechiktirilsa demurrage/detention to‘lovlari yuzaga kelishi mumkin.

SOC (Shipper Owned Container) — yuk jo‘natuvchi yoki mijozga tegishli konteyner. Bunda konteyner tashuvchiga emas, yuk egasi, ekspeditor yoki boshqa kompaniyaga tegishli bo‘ladi. Odatda konteynerni tashuvchiga qaytarish majburiyati bo‘lmaydi, shu sababli uzoq muddatli yoki bir tomonlama tashuvlarda qulay.

COC/SOC atamalari tarif hisoblashda, transport hujjatlarini rasmiylashtirishda, konteynerni qaytarish shartlarini aniqlashda va tomonlarning javobgarligini belgilashda muhim hisoblanadi.

〰️〰️〰️

МЕЖДУНАРОДНАЯ ЛОГИСТИКА: ТЕРМИНЫ И ПОНЯТИЯ

COC и SOC — логистические термины, обозначающие принадлежность контейнера в процессе перевозки.

COC (Carrier Owned Container) — контейнер, принадлежащий перевозчику/оператору. Например, контейнер может находиться в собственности Maersk, MSC, CMA CGM или другого перевозчика. Клиент использует его в процессе перевозки и обязан вернуть в установленный срок. В случае задержки могут возникнуть дополнительные расходы, в том числе demurrage/detention.

SOC (Shipper Owned Container) — контейнер, принадлежащий грузоотправителю или клиенту. В данном случае контейнер принадлежит не перевозчику, а владельцу груза, экспедитору или другой компании. Как правило, такой контейнер не требуется возвращать перевозчику, поэтому данный вариант удобен для длительных или односторонних перевозок.

Термины COC/SOC имеют важное значение при расчёте тарифов, оформлении транспортных документов, определении условий возврата контейнера и распределении ответственности между сторонами.

SLAVYAN KARVONI: BIRINCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI BLOK-POYEZD TOSHKENTGA YETIB KELDI2026-yil 30-iyul kuni Belarus Respublikas...
05/08/2026

SLAVYAN KARVONI: BIRINCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI BLOK-POYEZD TOSHKENTGA YETIB KELDI

2026-yil 30-iyul kuni Belarus Respublikasining Orsha-Vostochnaya stansiyasidan jo‘natilgan "Slavyan karvoni" nomli birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd Toshkent shahridagi Chuqursoy stansiyasiga muvaffaqiyatli yetib keldi.

Poyezdni tantanali kutib olish marosimida Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi Muvaqqat ishlar vakili, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rahbariyati hamda temiryo‘l transporti sohasi rahbarlari ishtirok etdi. Tadbir davomida mazkur loyihaning xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Belarus o‘rtasidagi transport-logistika hamkorligini yanada mustahkamlashdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Loyiha doirasida birinchi blok-poyezd qariyb 4 ming kilometr masofani atigi 6 sutkada bosib o‘tdi va yangi transport xizmatining samaradorligini amalda tasdiqladi. Mazkur loyiha Belarus, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ mazkur yo‘nalish bo‘yicha mijozlarga import va eksport yuklarini tashish, shuningdek Belarus Respublikasi hududi orqali Yevropa davlatlariga tranzit yuk tashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks transport-logistika xizmatlarini taqdim etadi.

Tashish tariflari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

Tel.: +998 99 140-11-11
Tel.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: [email protected]
[email protected]

〰️〰️〰️

СЛАВЯНСКИЙ КАРАВАН: ПЕРВЫЙ ПРЯМОЙ БЛОК-ПОЕЗД ПРИБЫЛ В ТАШКЕНТ

Первый прямой блок-поезд «Славянский караван», отправленный 30 июля 2026 года со станции Орша-Восточная (Республика Беларусь), успешно прибыл на станцию Чукурсой в городе Ташкенте.

В торжественной церемонии встречи поезда приняли участие Временный поверенный в делах Республики Беларусь в Республике Узбекистан, руководство Министерства транспорта Республики Узбекистан и руководители железнодорожной отрасли. В ходе мероприятия было отмечено, что реализация проекта имеет важное значение для дальнейшего развития международных грузовых перевозок и укрепления транспортно-логистического сотрудничества между Республикой Беларусь и Республикой Узбекистан.

В рамках реализации проекта первый блок-поезд преодолел маршрут протяженностью около 4 тысяч километров всего за 6 суток. Новый транспортный сервис стал важным шагом в развитии международных грузовых перевозок и укреплении торгово-экономических связей между Беларусью, Узбекистаном и государствами Центральной Азии.

АО «Узтемирйулконтейнер» предоставляет клиентам комплексные транспортно-логистические услуги по организации перевозок импортных и экспортных грузов по данному направлению, а также транзитных перевозок грузов через территорию Республики Беларусь в страны Европы.

Для получения информации о тарифах на перевозку и дополнительных сведений:

Тел.: +998 99 140-11-11
Тел.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: [email protected]
[email protected]

“SLAVYAN KARVONI” LOYIHASI BELARUS VA MARKAZIY OSIYO O‘RTASIDAGI TRANSPORT ALOQALARINI MUSTAHKAMLAMOQDA2026-yil 3-avgust...
04/08/2026

“SLAVYAN KARVONI” LOYIHASI BELARUS VA MARKAZIY OSIYO O‘RTASIDAGI TRANSPORT ALOQALARINI MUSTAHKAMLAMOQDA

2026-yil 3-avgust kuni Belarus Respublikasining Orsha-Vostochnaya stansiyasidan Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanuvchi ikkinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuk poyezdi jo‘natildi.

Poyezd tarkibida yog‘ochni qayta ishlash va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tovarlar tashilmoqda. Yuklarning bir qismi O‘zbekiston hududi orqali tranzit tarzda Qirg‘iziston va Tojikistonga yetkaziladi.

Poyezd qariyb 4 000 kilometr uzunlikdagi yo‘nalishni atigi 7 sutkada bosib o‘tib, Belarus va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi eksport-import yuklarining tezkor va samarali yetkazib berilishini ta’minlaydi.

Ikkinchi poyezdning jo‘natilishi yangi transport-logistika xizmatiga bo‘lgan talab ortib borayotganini ko‘rsatadi hamda O‘zbekiston hududi orqali o‘tuvchi mazkur yo‘nalishning samaradorligini tasdiqlaydi.

〰️〰️〰️

ПРОЕКТ «СЛАВЯНСКИЙ КАРАВАН» УКРЕПЛЯЕТ ТРАНСПОРТНЫЕ СВЯЗИ БЕЛАРУСИ И ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

3 августа 2026 года со станции Орша-Восточная в Республике Беларусь отправился второй прямой грузовой поезд, следующий по маршруту Беларусь — Россия — Казахстан — Узбекистан.

В составе поезда перевозится продукция деревообрабатывающей и пищевой промышленности, а также товары с высокой добавленной стоимостью. Часть грузов проследует транзитом через территорию Узбекистана в Кыргызстан и Таджикистан.

Поезд преодолевает маршрут длиной около 4 000 км всего за 7 суток, обеспечивая быструю и эффективную доставку экспортно-импортных грузов между Беларусью и государствами Центральной Азии.

Отправка второго поезда свидетельствует о растущем спросе на новый транспортно-логистический сервис и подтверждает эффективность маршрута, проходящего через территорию Узбекистана.

“SLAVYAN KARVONI”: BELARUS VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI BIRINCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI BLOK-POYEZD YO‘LGA CHIQDIO‘zbekiston R...
30/07/2026

“SLAVYAN KARVONI”: BELARUS VA O‘ZBEKISTON O‘RTASIDAGI BIRINCHI TO‘G‘RIDAN-TO‘G‘RI BLOK-POYEZD YO‘LGA CHIQDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyul kuni Belarus Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasida muntazam blok-poyezdlar harakatini tashkil etish vazifasi belgilangan.

Mazkur kelishuv doirasida 30-iyul kuni Belarus Respublikasining Orsha-Vostochnaya stansiyasidan Chuqursoy stansiyasiga yo‘l olgan “Slavyan karvoni” nomli birinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri blok-poyezd harakati yo‘lga qo‘yildi.

71 shartli vagon uzunligidagi yuk poyezdi tarkibida yog‘ochni qayta ishlash sanoati mahsulotlari, shakar, oziq-ovqat mahsulotlari, omixta yemlar va boshqa turdagi yuklar tashilmoqda. Dastlabki bosqichda mazkur poyezd qatnovini oyiga ikki marotaba amalga oshirish rejalashtirilgan.

Yangi temiryo‘l qatnovining yo‘lga qo‘yilishi Belarus va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuk tashish hajmini oshirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ mazkur yo‘nalishda logistika xizmatlari foydalanuvchilarga import va eksport yuklarini tashish bo‘yicha kompleks transport-logistika xizmatlari, shuningdek, xalqaro yuk tashuvlarida ishonchli va sifatli servisni taqdim etadi.

Tashish tariflari va qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
Tel.: +998 99 140-11-11
Tel.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: [email protected]
[email protected]

〰️〰️〰️

«СЛАВЯНСКИЙ КАРАВАН»: ЗАПУЩЕН ПЕРВЫЙ ПРЯМОЙ БЛОК-ПОЕЗД МЕЖДУ БЕЛАРУСЬЮ И УЗБЕКИСТАНОМ

В ходе государственного визита Президента Республики Узбекистан в Республику Беларусь, состоявшегося 9 июля 2026 года, была достигнута договорённость об организации регулярного курсирования блок-поездов между двумя странами.

В рамках реализации данных договорённостей 30 июля со станции Орша-Восточная (Республика Беларусь) в направлении станции Чукурсай (Республика Узбекистан) был отправлен первый прямой блок-поезд под названием «Славянский караван».

В составе грузового поезда условной длиной 71 вагон перевозятся продукция деревообрабатывающей промышленности, сахар, продовольственные товары, комбикорма и другие виды грузов. На первоначальном этапе движение данного поезда планируется осуществлять два раза в месяц.

Запуск нового железнодорожного сервиса будет способствовать увеличению объёмов грузоперевозок между Беларусью и Узбекистаном, развитию транспортно-логистических связей и дальнейшему укреплению торгово-экономического сотрудничества двух стран.

АО «Узтемирйулконтейнер» готово предоставлять по данному направлению комплексные транспортно-логистические услуги по перевозке импортных и экспортных грузов, обеспечивая клиентам надёжный и качественный сервис в сфере международных перевозок.

По вопросам тарифов и получения дополнительной информации:
Тел.: +998 99 140-11-11
Тел.: +998 78 148-37-78 (204)
E-mail: [email protected]
[email protected]

PO‘LAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA MARG‘ILON LOGISTIKA MARKAZINING IMKONIYATLARI“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Farg‘o...
27/07/2026

PO‘LAT MAHSULOTLARINI QAYTA ISHLASHDA MARG‘ILON LOGISTIKA MARKAZINING IMKONIYATLARI

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJning Farg‘ona viloyatida joylashgan Marg‘ilon logistika markazida po‘lat mahsulotlarini ortish va tushirish ishlari belgilangan texnologik jarayonlar asosida amalga oshirilmoqda.

Logistika markazida yuklarni qabul qilish, ortish-tushirish, vaqtincha saqlash hamda qayta ishlash ishlari mavjud texnika va infratuzilma imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda tashkil etilgan. Bu esa yuklarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta'minlamoqda.

Shuningdek, logistika markazida ochiq va yopiq turdagi bojxona omborlari faoliyat yuritib, import, eksport va tranzit yuklari bilan bog‘liq bojxona operatsiyalarini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mazkur infratuzilma yuklarni saqlash, bojxona rasmiylashtiruvi hamda logistika jarayonlarini kompleks tarzda tashkil etish imkonini beradi.

〰️〰️〰️

ВОЗМОЖНОСТИ ЛОГИСТИЧЕСКОГО ЦЕНТРА МАРГИЛАН ПО ПЕРЕРАБОТКЕ СТАЛЬНОЙ ПРОДУКЦИИ

В логистическом центре Маргилан АО «Узтемирйулконтейнер», расположенном в Ферганской области, работы по погрузке и разгрузке стальной продукции осуществляются в соответствии с установленными технологическими процессами.

В логистическом центре организованы прием грузов, погрузочно-разгрузочные работы, временное хранение и переработка с эффективным использованием имеющейся техники и инфраструктуры. Это позволяет обеспечивать оперативное и качественное обслуживание грузов.

Кроме того, на территории логистического центра функционируют открытые и закрытые таможенные склады, где созданы все необходимые условия для проведения таможенных операций, связанных с импортными, экспортными и транзитными грузами. Данная инфраструктура обеспечивает комплексную организацию хранения грузов, их таможенного оформления и логистического сопровождения.

ROUSTON LOGISTIKA MARKAZINING YUK SAQLASH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI"O'ztemiryo'lkonteyner" AJning Namangan viloyatida ...
23/07/2026

ROUSTON LOGISTIKA MARKAZINING YUK SAQLASH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

"O'ztemiryo'lkonteyner" AJning Namangan viloyatida joylashgan Rouston logistika markazida ochiq bojxona ombori maydoni qo‘shimcha 3 200 kvadrat metrga kengaytirildi. Mazkur loyiha logistika markazining yuklarni saqlash va qayta ishlash quvvatini oshirish maqsadida amalga oshirildi.

Ochiq bojxona ombori maydonining kengaytirilishi natijasida logistika markazida bir vaqtning o‘zida 5 ming tonnagacha yuklarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, mazkur loyiha logistika markazining yuklarni qayta ishlash quvvatini yiliga qo‘shimcha 80 ming tonnagacha oshirish imkonini beradi.

Shu bilan birga ombor maydonining kengaytirilishi orqali import, eksport va tranzit yuklarini vaqtinchalik saqlash imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirilib, bojxona rasmiylashtiruvi hamda yuklarni ortish-tushirish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishga erishildi.

〰️〰️〰️

РАСШИРЕНЫ ВОЗМОЖНОСТИ ХРАНЕНИЯ ГРУЗОВ ЛОГИСТИЧЕСКОГО ЦЕНТРА РАУСТАН

На территории логистического центра Раустан АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner», расположенного в Наманганской области, площадь открытого таможенного склада была увеличена на 3 200 кв. метров. Реализация проекта направлена на расширение возможностей логистического центра по хранению и переработке грузов.

В результате расширения площади открытого таможенного склада логистический центр получил возможность единовременно хранить до 5 тыс. тонн грузов. Кроме того, реализация проекта позволит увеличить годовую мощность по переработке грузов еще на 80 тыс. тонн.

Расширение складских площадей также существенно увеличило возможности по временному хранению импортных, экспортных и транзитных грузов, а также повысило эффективность проведения таможенного оформления и выполнения погрузочно-разгрузочных работ.

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ VAGON PARKI QO‘SHIMCHA 2 TA KONTEYNER POYEZDI TARKIBI BILAN TO‘LDIRILDIO‘zbekiston Respublika...
22/07/2026

“O‘ZTEMIRYO‘LKONTEYNER” AJ VAGON PARKI QO‘SHIMCHA 2 TA KONTEYNER POYEZDI TARKIBI BILAN TO‘LDIRILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi PQ-28-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-apreldagi xalqaro yo‘nalishlarda konteynerlarda yuk tashish ulushini kamida 1,5 barobar oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasida xalqaro transport xizmatlari bozorida 3PL va undan yuqori formatdagi logistika xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan yirik milliy transport operatorlari ulushini oshirish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan vagon parkini kengaytirish hamda kompleks transport-logistika xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha tizimli va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, jamiyatning transport-ekspeditorlik xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, eksport tashuvlarida DAP hamda import tashuvlarida EXW shartlari asosida kompleks logistika xizmatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida jamiyat boshqaruviga qo‘shimcha 96 ta fiting platformasi qabul qilinib, ularni boshqarish yo‘lga qo‘yildi.

Kelgusida ham “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan vagon parkini yanada kengaytirish, xizmat ko‘rsatish geografiyasini kengaytirish hamda transport-logistika sohasida zamonaviy va innovatsion yechimlarni joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettiriladi.

〰️〰️〰️

ВАГОННЫЙ ПАРК АО «УЗТЕМИРЙУЛКОНТЕЙНЕР» ПОПОЛНИЛСЯ ДОПОЛНИТЕЛЬНЫМ СОСТАВОМ ИЗ ДВУХ КОНТЕЙНЕРНЫХ ПОЕЗДОВ

В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 27 января 2025 года ПП-28, а также Дорожной картой Кабинета Министров Республики Узбекистан от 10 апреля 2025 года, предусматривающей увеличение доли перевозок грузов в контейнерах на международных направлениях не менее чем в 1,5 раза, одним из приоритетных направлений определено увеличение доли крупных национальных транспортных операторов, специализирующихся на оказании логистических услуг формата 3PL и выше на рынке международных транспортных услуг.

В целях реализации поставленных задач АО «Узтемирйулконтейнер» последовательно проводит системную работу по расширению собственного вагонного парка и развитию комплекса транспортно-логистических услуг.

В частности, для расширения возможностей по оказанию транспортно-экспедиторских услуг, а также организации комплексного логистического сервиса на условиях DAP при экспортных перевозках и EXW при импортных перевозках, в управление общества дополнительно принято 96 фитинговых платформ и обеспечено их эффективное использование.

В дальнейшем АО «Узтемирйулконтейнер» продолжит последовательную работу по дальнейшему расширению вагонного парка, увеличению географии предоставляемых услуг, а также внедрению современных и инновационных решений в сфере транспортно-логистических услуг.

QO‘QON LOGISTIKA MARKAZINING YUKLARNI QAYTA ISHLASH QUVVATI OSHIRILDI“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan logistika infr...
21/07/2026

QO‘QON LOGISTIKA MARKAZINING YUKLARNI QAYTA ISHLASH QUVVATI OSHIRILDI

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ tomonidan logistika infratuzilmasini rivojlantirish va yuklarni qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Qo‘qon logistika markazida yangi shiypon (навес) foydalanishga topshirildi.

Yangi shiypon bir vaqtning o‘zida 15 ta temir yo‘l vagoniga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Umumiy maydoni 1 250 m² bo‘lgan shiypon yiliga qo‘shimcha 100 ming tonnagacha yukni qayta ishlash quvvatini yaratadi.

Mazkur shiypon orqali yuklarni temir yo‘l vagonlaridan avtomobil transportiga tezkor va samarali tarzda qayta ortish, shuningdek, yog‘ingarchilik va boshqa noqulay ob-havo sharoitlarida ham ortish-tushirish ishlarini uzluksiz amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

〰️〰️〰️

МОЩНОСТИ ЛОГИСТИЧЕСКОГО ЦЕНТРА КОКАНД ПО ПЕРЕРАБОТКЕ ГРУЗОВ УВЕЛИЧЕНЫ

В рамках проводимой АО «O‘ztemiryo‘lkonteyner» работы по развитию логистической инфраструктуры и расширению мощностей по переработке грузов в логистическом центре Коканд введён в эксплуатацию новый навес.

Новый навес позволяет одновременно обслуживать до 15 железнодорожных вагонов. Сооружение общей площадью 1 250 кв. м обеспечивает создание дополнительной мощности по переработке до 100 тысяч тонн грузов в год.

Ввод объекта в эксплуатацию позволит оперативно и эффективно осуществлять перегрузку грузов из железнодорожных вагонов на автомобильный транспорт, а также обеспечит бесперебойное проведение погрузочно-разгрузочных работ в условиях осадков и других неблагоприятных погодных условий.

XALQARO LOGISTIKA: TERMINLAR VA TUSHUNCHALARPort tashqarisidagi terminal (Off-Dock Terminal) — port hududidan tashqarida...
16/07/2026

XALQARO LOGISTIKA: TERMINLAR VA TUSHUNCHALAR

Port tashqarisidagi terminal (Off-Dock Terminal) — port hududidan tashqarida joylashgan terminal bo‘lib, konteynerlarni saqlash, qayta ishlash va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun xizmat qiladi.

Misol: GTE Terminal (Poti, Gruziya), Absheron Logistics Center (Baku, Ozarbayjon), Mersin Yenice Logistics Center (Mersin, Turkiya).

〰️〰️〰️

МЕЖДУНАРОДНАЯ ЛОГИСТИКА: ТЕРМИНЫ И ПОНЯТИЯ

Внепортовый терминал (Off-Dock Terminal)— терминал, расположенный за пределами порта, предназначенный для хранения, обработки контейнеров и проведения таможенного оформления.

Примеры: GTE Terminal (Поти, Грузия), Absheron Logistics Center (Баку, Азербайджан), Mersin Yenice Logistics Center (Мерсин, Турция).

Address

Yunusobod District, Abdulla Kadiry Street, 7
Tashkent
100017

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998991401111

Website

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Ўзтемирйўлконтейнер posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Ўзтемирйўлконтейнер:

Shortcuts

Share