17/02/2026
🔰 Oʻzbekiston respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025 yil 23-oktabrdagi PQ-316-sonli qarori bilan uzluksiz kasb-hunarga yoʻnaltirish dasturlari tasdiqlagan.
Shu maqsadda:
🔰 Kasbiy ta’limni ommalashtirish hamda o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari uchun
“Atrofimizdagi kasblar”,
“Kasblar alifbosi”,
“Kasblar olami”,
“Mening kelajakdagi kasbim”
dasturlari ishlab chiqilgan.
🔰 Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini takomillashtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni ongli kasb tanlashga yo‘naltirish maqsadida Joriy yilning fevral oyidan boshlab Shayxontohur tumanidagi 102-sonli umumta’lim maktabida 1-4 sinf o‘quvchilari uchun tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.
🔰 Tajriba-sinov dars mashg‘ulotlari “Kasblar alifbosi” o‘quv dasturi asosida olib borildi. Darslar interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, rolli o‘yinlar, kasbiy moyillikni aniqlash testlari hamda muhokama va tahlil jarayonlari orqali tashkil etildi.
🔰 Mazkur tajriba-sinov ishlari kelgusida o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish hamda boshqa ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich joriy etish uchun muhim amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.