Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi"

Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi" АО «O'ztemiryo'lyo'lovchi» создавалось для кардинального улучше

Imtiyozli temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha ma’lumot🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20...
02/09/2026

Imtiyozli temir yo‘l chiptalarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha ma’lumot

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son Farmoniga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi ayrim toifadagi fuqarolar uchun avia va temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanishda maxsus tariflar belgilangan.

✅ Amaldagi tartibga ko‘ra, mazkur maxsus tarifdan foydalanish uchun fuqaroning tegishli toifaga mansubligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki Xorazm viloyatida doimiy yoki vaqtincha yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi tasdiqlanishi lozim.

Hozirgi k***a temir yoʻl chiptaxonalarida ID-karta ma’lumotlari orqali fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan manzilini avtomatik tarzda aniqlash imkoniyati mavjud emas. Shu bois, zarur hollarda qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi talab etiladi.

➡️Mazkur talab tashuvchi tomonidan mustaqil joriy etilmagan bo‘lib, amaldagi normativ hujjatlarda belgilangan shartlardan kelib chiqadi. Ya’ni ushbu chegirmali chiptani xarid qilish talabiga asosan yashash joyidan hujjatni taqdim etishi lozim.

Yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida imtiyozli va chegirmali temir yo‘l chiptalarini onlayn xarid qilish imkoniyati yo‘lga qo‘yilgan. Quyida jarayon bosqichma-bosqich bayon etiladi:

✅ Chipta xaridi (onlayn tartibda)

🔹 O‘zbekiston temir yo‘llari rasmiy sayti — E-ticket.railway.uz platformasiga kiring.
🔹 Yo‘nalish va safar sanasini kiriting.
🔹 O‘zingizga qulay bo‘lgan qatnov vaqtini tanlang.
🔹 Telefon raqam, elektron pochta yoki OneID tizimi orqali tizimga kiring.
🔹 Vagon va o‘rningizni tanlang.
🔹 Familiya, ism, sharif, tug‘ilgan sana hamda pasport ma’lumotlarini kiriting.

➕Yoshi keksalar uchun chegirmali yo‘nalishlarda “Men nafaqadaman” tugmasini belgilang va shaxsiy identifikatsion raqamingizni kiriting.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA TO‘RTKO‘L VOKZALI YANGI QIYOFADA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI✅ O‘zbekiston Respublikasi Mu...
29/08/2026

🇺🇿 MUSTAQILLIK BAYRAMI ARAFASIDA TO‘RTKO‘L VOKZALI YANGI QIYOFADA FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

✅ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan rekonstruksiya qilingan To‘rtko‘l vokzalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2001-yilda qurilgan To‘rtko‘l vokzali 2026-yilda to‘liq rekonstruksiya qilinib, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va qulayligini oshirishga qaratilgan zamonaviy sharoitlar yaratildi.
Rekonstruksiya ishlari doirasida vokzal binosining ichki va tashqi qismi yangilanib, zamonaviy kutish zali tashkil etildi, yangi o‘rindiqlar o‘rnatildi, poyezdlar harakati haqida tezkor ma’lumot beruvchi elektron axborot tablosi joriy qilindi hamda bepul Wi-Fi xizmati yo‘lga qo‘yildi.

❗️ Shuningdek, vokzalda ilgari mavjud bo‘lmagan zamonaviy VIP zal barpo etildi. Mazkur zal yo‘lovchilarga poyezdni qulay va shinam sharoitda kutish hamda yuqori darajadagi servis xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi.

➡️Imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun ham tegishli qulayliklar yaratildi. Yo‘lovchilarning yuklarini tashish uchun maxsus yuk aravalari bilan ta’minlandi.
Vokzalning tashqi hududi obodonlashtirilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga, vokzal hududida chakana savdo, bankomat, aloqa uskunalari va ofis xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

👥 Bugungi k***a To‘rtko‘l vokzali Qoraqalpog‘iston Respublikasining muhim temir yo‘l transporti obyektlaridan biri bo‘lib, kuniga o‘rtacha 150–200 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi. Bir sutkada o‘rtacha 4 ta yo‘lovchi poyezdi qabul qilinib, jo‘natiladi.

Yangilangan To‘rtko‘l vokzali yo‘lovchilarga zamonaviy, xavfsiz va yoʻlovchilar uchun yanada qulay imkoniyat!

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro yo‘lovchi poyezdlari haqida tarqalayotgan turli fikrlarga izoh➕Ta’kidlash joizki, Mustaqil ...
28/08/2026

Ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro yo‘lovchi poyezdlari haqida tarqalayotgan turli fikrlarga izoh

➕Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Temir yo‘l transporti kengashiga a’zo davlatlar temir yo‘l ma’muriyatlari o‘rtasidagi xalqaro yo‘lovchi tashish to‘g‘risidagi bitimga asosan, xalqaro yo‘lovchi poyezdi qaysi davlatga tegishli bo‘lsa, ushbu poyezdga nisbatan turli cheklovlar, chegirmalar, chipta narxlari hamda chiptalarni rasmiylashtirish tartibi o‘sha davlatning temir yo‘l ma’muriyati tomonidan belgilanadi.

➡️O‘zbekiston Respublikasida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish qoidalariga muvofiq, barcha yo‘nalishlardagi yo‘lovchi poyezdlari vagonlariga yo‘lovchining millati, jinsi va irqidan qat’i nazar, chiptalar bir xil shartlarda, teng huquqlilik tamoyili asosida sotiladi hamda safar davomida barcha yo‘lovchilarga bir xil xizmat ko‘rsatiladi.

❗️ Bugungi k***a “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga chipta xarid qilishda yanada qulaylik yaratish maqsadida mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar uchun chiptalar 60 kun oldin ochiq savdoga chiqarilmoqda. Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali nafaqat mamlakatimizda, balki xorijiy davlatlardan turib ham bemalol xarid qilish mumkin.

Hurmatli yo‘lovchilar! Shu o‘rinda sizlardan ijtimoiy tarmoqlarda yangilik va xabarlarni ulashishda asossiz yoki tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Hurmatli yo’lovchilar,  AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli bugun 2026-yilning 25-avgust k...
25/08/2026

Hurmatli yo’lovchilar, AСУ «Экспресc» tizimida profilaktik ishlar olib borilishi sababli bugun 2026-yilning 25-avgust kuni soat 12:00 dan 13:00 gacha barcha chiptaxonalarida va eticket.railway.uz saytida texnik tanaffus e’lon qilinadi.

Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so’raymiz.

Tizim 13:00 dan soʻng ishlashni davom etadi.

🚉“O’ztemiryo’lyo’lovchi” matbuot xizmati

-

Уважаемые пассажиры, в связи с проведением профилактических работ в системе АСУ «Экспресc» сегодня 25 августа 2026 во всех железнодорожных кассах а также на сайте eticket.railway.uz с 12:00 по 13:00 объявляется технический перерыв.

Приносим свои извинения за доставленные неудобства.

Система возобновит свою работу после 13:00.

🚉Пресс-служба АО “O’ztemiryo’lyo’lovchi”

❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo poyezd yuzasidan turli videolar...
24/08/2026

❗️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida harakatlanayotgan shaharlararo poyezd yuzasidan turli videolar va izohlar tarqalmoqda.

🗂Shu munosabat bilan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
“Sariosiyo – Termiz” yo‘nalishida qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo poyezd 4 ta yo‘lovchi vagonidan iborat bo‘lib, mazkur poyezd jamoat transporti tamoyili asosida faoliyat yuritadi.

➕Ushbu yo‘nalishda chiptalar o‘rindiq (joy) raqami ko‘rsatilmagan holda, ya’ni joysiz sotiladi. Yo‘lovchilar amaldagi chipta asosida poyezdga chiqadilar hamda bo‘sh o‘rinlarga joylashadilar. Har bir vagon 81 nafar yo‘lovchini o‘tirgan holda tashishga mo‘ljallangan.

📌Mazkur poyezd aholiga qulay va hamyonbop transport xizmati ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi k***a yo‘lovchilar tomonidan unga talab juda yuqori. Ayniqsa, dam olish va bayram kunlari yo‘lovchilar oqimining keskin ortishi sababli ayrim qatnovlarda gavjumlik kuzatilishi mumkin.

➡️Poyezd vagonlari yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklar bilan ta’minlangan. Jumladan, yoz mavsumida sovutish, qish mavsumida esa isitish tizimlari uzluksiz ishlashi ta’minlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilarga yanada qulay, xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida zarur choralar ko‘riladi.

‼️Hurmatli fuqarolardan tasdiqlanmagan yoki bir tomonlama talqin qilingan ma’lumotlarga emas, balki rasmiy axborot manbalariga tayanishlarini so‘raymiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Temir yo‘l vokzallarini DXSH asosida rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi✅ “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” ...
23/08/2026

Temir yo‘l vokzallarini DXSH asosida rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

✅ “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJda temir yo‘l vokzallarini davlat-xususiy sheriklik (DXSH) asosida boshqarish va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

➕Yig‘ilish davomida vokzallarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, tijoriy salohiyatni rivojlantirish hamda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, temir yo‘l vokzallarini zamonaviy va qulay transport markazlariga aylantirish, yo‘lovchilar uchun axborot va xizmat ko‘rsatish tizimlarini takomillashtirish, shuningdek, istiqboldagi DXSH loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

❗️ Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!Texnik sabablarga ko‘ra, ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgart...
11/08/2026

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!

Texnik sabablarga ko‘ra, ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.

🚆 56-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi 11, 12, 14 va 15-avgust kunlari Toshkent Janubiy — Urganch yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🚆 55-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi 12, 13, 15 va 16-avgust kunlari Urganch — Toshkent Janubiy yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🚆 125-sonli “Andijon-1 — Xiva” poyezdi 10, 11, 14 va 15-avgust kunlari Andijon-1 — Urganch yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🚆 126-sonli “Xiva — Andijon-1” poyezdi 11, 12, 15 va 16-avgust kunlari Urganch — Andijon-1 yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🚆 76-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi 10-avgust kuni
Toshkent Janubiy — Urganch yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🚆 75-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi 11-avgust kuni
Urganch — Toshkent Janubiy yo‘nalishida amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🎫 Mazkur kunlarda “Urganch — Xiva — Urganch” oralig‘i uchun sotib olingan chiptalar qiymati yo‘lovchilarga to‘liq qaytariladi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu vaqtinchalik o‘zgarishlarni inobatga olishlarini so‘raymiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlar va kelib tushgan savollarga javob➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Markaziy temir ...
10/08/2026

Ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlar va kelib tushgan savollarga javob

➕Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Markaziy temir yo‘l vokzalidagi eskalatorlardan yirik hajmdagi chamadon va bagajlar bilan foydalanish yuzasidan fikrlar bildirilmoqda.

➡️ Ma’lum qilamizki, vokzalda o‘rnatilgan zamonaviy eskalatorlar yo‘lovchilarning qulay va xavfsiz harakatlanishiga xizmat qiladi.

❗️ Eskalatorlardan foydalanishda xavfsizlik talablariga rioya etish muhim. Amaldagi xavfsizlik qoidalariga ko‘ra, eskalator zinalari va qo‘l tutqichlari ustiga yirik hajmdagi bagaj yoki qo‘l yuklarini qo‘yish tavsiya etilmaydi. Shu sababli eskalator zinasiga xavfsiz joylashtirish imkoni bo‘lmagan yirik hajmdagi chamadon va bagajlar bilan harakatlanishda muqobil yo‘laklardan foydalanish tavsiya etiladi.

❗️ Xususan, vokzalda yo‘lovchilar uchun zamonaviy kutish zallari, VIP-zal, restoran va lounge hududlari, oilaviy hududlar, bolalar o‘yin maydonchasi hamda kichik bolali ota-onalar uchun maxsus xonalar mavjud.

📞 Vokzal hududida yo‘lovchilar uchun bepul Wi-Fi xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

📌 Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar, keksalar, bemorlar hamda harakatlanishda qo‘shimcha yordamga ehtiyoj sezadigan fuqarolar uchun maxsus aravachalar va tegishli xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

📝 Yo‘lovchilarning fikr va takliflarini o‘rganish ham doimiy e’tiborda. Vokzal va yo‘lovchi vagonlarida maxsus QR-kodlar orqali taklif, murojaat va e’tirozlarni yuborish imkoniyati yaratilgan. Kelib tushayotgan murojaatlar mas’ullar tomonidan o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.

📌 Vokzallarda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish, mavjud infratuzilmani takomillashtirish hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha ishlar doimiy davom ettirilmoqda.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 31-iyuldan 10-avgustga qadar ayrim yo‘lovchi poyezdlarining har...
30/07/2026

YO‘LOVCHILAR DIQQATIGA!

Texnik sabablarga ko‘ra, 2026-yil 31-iyuldan 10-avgustga qadar ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakat yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Mazkur kunlarda quyidagi poyezdlar Xiva bekatigacha emas, Urganch bekatigacha harakatlanadi:

✅ 752-sonli “Toshkent Yo‘lovchi — Xiva” poyezdi
31-iyuldan 10-avgustga qadar Toshkent Yo‘lovchi bekatidan Urganch bekatigacha;

✅ 751-sonli “Xiva — Toshkent Yo‘lovchi” poyezdi
1-avgustdan 10-avgustga qadar Urganch bekatidan Toshkent Yo‘lovchi bekatigacha;

✅ 56-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi
31-iyul hamda 1, 4, 5, 7 va 8-avgust kunlari Toshkent Janubiy bekatidan Urganch bekatigacha;

✅ 55-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi
1, 2, 5, 6, 8 va 9-avgust kunlari Urganch bekatidan Toshkent Janubiy bekatigacha;

✅ 125-sonli “Andijon-1 — Xiva” poyezdi
31-iyul hamda 1, 3, 4, 7 va 8-avgust kunlari Andijon-1 bekatidan Urganch bekatigacha;

✅ 126-sonli “Xiva — Andijon-1” poyezdi
1, 2, 4, 5, 8 va 9-avgust kunlari Urganch bekatidan Andijon-1 bekatigacha;

✅ 76-sonli “Toshkent Janubiy — Xiva” poyezdi
3-avgust kuni Toshkent Janubiy bekatidan Urganch bekatigacha;

✅ 75-sonli “Xiva — Toshkent Janubiy” poyezdi
4-avgust kuni Urganch bekatidan Toshkent Janubiy bekatigacha harakatlanadi.

Shuningdek, Urganch hamda Xiva bekatlari oraligʻiga mazkur poyezdlar harakatiga muvofiq bepul Avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Poyezdlar ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda amaldagi harakat jadvali asosida qatnaydi.

Yo‘lovchilardan safarlarini rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishlarini so‘raymiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA!Joriy yilning 3-avgust kuni “Angren -Koʻl” bekatlari oraligʻidagi temir yo‘l izlarida kapital ta’...
30/07/2026

YOʻLOVCHILAR DIQQATIGA!

Joriy yilning 3-avgust kuni “Angren -Koʻl” bekatlari oraligʻidagi temir yo‘l izlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli ayrim yo‘lovchi poyezdlarining harakati 1 reysga bekor qilinadi hamda ayrim qatnovlar yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Shunga ko‘ra:

🔹 2026-yil 2-avgust kuni 734-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi.

🔹 2026-yil 3-avgust kuni 733-sonli “Andijon – Toshkent” yo‘lovchi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi.

🔹 2026-yil 3-avgust kuni 730/729-sonli “Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi.

🔹 2026-yil 3-avgust kuni 94-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi.

🔹 2026-yil 2-avgust kuni 92-sonli “Toshkent – Andijon” yo‘lovchi poyezdi qatnovi bekor qilinadi.

🔹 2026-yil 2-avgust kuni 126/125-sonli “Xiva – Andijon” yo‘lovchi poyezdi Xiva bekatidan Toshkent Janubiy bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🔹 2026-yil 3 va 4 -avgust kunlari 125/126-sonli “Andijon – Xiva” yo‘lovchi poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Xiva bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

🔹 2026-yil 3 -avgust kuni 129/130-sonli “Andijon – Termiz” yo‘lovchi poyezdi Toshkent Janubiy bekatidan Termiz bekatiga qadar amaldagi jadval asosida harakatlanadi.

Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha oldindan xarid qilingan chiptalar qiymati amaldagi tartibda to‘liq qaytariladi.

Yo‘lovchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🚉«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati

Address

TURKISTON 7
Tashkent
100015

Opening Hours

Monday 09:00 - 18:00
Tuesday 09:00 - 18:00
Wednesday 09:00 - 18:00
Thursday 09:00 - 18:00
Friday 09:00 - 18:00

Telephone

+998712997184

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi" posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Официальная страница АО "O'ztemiryo'lyo'lovchi":

Shortcuts

Share