Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati г. Термез улица Баркамол Авлод, 46 190100

Jamoat tartibi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2026 yil 14 avgustdagi tegis...
18/08/2026

Jamoat tartibi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining 2026 yil 14 avgustdagi tegishli farmoyishiga asosan viloyat hududida “Surxondaryo viloyati tajribasi” asosida 15 avgustdan 15 sentabrga qadar “Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlarga qarshi kurashish oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida Denov tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Jo‘rabek Xojaqulov hamda Probatsiya bo‘linmasi boshlig‘i va xodimlari tomonidan probatsiya bo‘linmasi hisobida jazo o‘tayotgan nazorat ostidagi shaxslar bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida ularga jinoyatni takror sodir etmaslik, qonun talablariga qat’iy rioya qilish, jamiyatda munosib xulq-atvor qoidalariga amal qilish yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, nazorat ostidagi har bir shaxs rasmiy ravishda ogohlantirilib, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik va jamiyat xavfsizligini ta’minlash borasida profilaktik ishlar olib borildi.
Zero, qonunga hurmat — tinch va osoyishta hayotning, mas’uliyatli munosabat esa jamiyat xavfsizligining muhim garovidir.
“Xatodan xulosa chiqargan inson to‘g‘ri yo‘lni topadi, qonunga amal qilgan inson esa el ishonchiga sazovor bo‘ladi!”

18/08/2026



Qoidabuzar haydovchiga chora ko‘rildi

Jamoatchilik nazorati vakillarining e’tiroziga sabab bo‘lib, qoidalarni mensimay yo‘llarda harakat ishtirokchilarining erkin harakatiga xavf solgan haydovchiga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi.

18/08/2026

Уважаемые граждане!

Осуществляйте ежемесячные платежи за охрану домов через электронные платежные системы.

👉Подробнее в видео.

18/08/2026

Hurmatli fuqarolar!

Xonadon qo‘riqlovi uchun oylik to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiring.

👉Batafsil videolavhada

YANA BIR YIRIK YUTUQ!O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 14–16-avgust kunlari...
18/08/2026

YANA BIR YIRIK YUTUQ!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 2026-yil 14–16-avgust kunlari Termiz shahrida yuqori texnologiyalar yo‘nalishidagi nufuzli "TECHNO DRIVE – 2026" respublika ochiq musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yoshlarning FPV dron, robototexnika, kiberxavfsizlik va kibersport yo‘nalishlaridagi bilim hamda mahoratini sinovdan o‘tkazgan yirik texnologik maydonga aylandi.
Quvonarlisi, IIV Surxondaryo akademik litseyi Kibersport jamoasi o'z yo‘nalishi bo‘yicha kuchli jamoalar orasida munosib ishtirok etib, Respublika bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bu natija — o‘quvchilarimizning tinimsiz mehnati, ustozlarimizning fidoyiligi hamda litseyimizda raqamli texnologiyalar va kibersportni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan izchil ishlarning yorqin samarasidir.
G‘olib jamoamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi musobaqalarda yanada yuksak marralar va ulkan zafarlar tilaymiz.

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida navbatdagi sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.T...
18/08/2026

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida navbatdagi sport mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tashkil etilgan sport mashg‘ulotlarida xodimlarning jismoniy bardamligi, jangovar tayyorgarligi va xizmat samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni k***a ichki ishlar organlari tizimida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun qo‘l jangi, boks, kurash, sambo, dzyudo, erkin kurash, yunon-rum kurashi, sport gimnastikasi, sport akrobatikasi, yengil va og‘ir atletika, suvda va sportcha suzish, futbol, voleybol, shaxmat, stol tennisi hamda badminton kabi sport turlari bo‘yicha muntazam mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Jismoniy tayyorgarlik ichki ishlar xodimlaridan talab etiladigan tezkor va jangovar vazifalarni bajarishda muhim omil bo‘lib, ularning psixologik barqarorligi, quvvati va tashabbuskorligini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasida jismoniy kuch ishlatish va maxsus vositalardan foydali va mohirona foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Mazkur mashg‘ulotlarda tajribali sport murabbiylari ishtirokida xodimlar uchun maxsus tayyorgarlik mashqlari o‘tkazildi. Bu esa xizmat davomida talab etiladigan yuksak ma’naviy-ruhiy sifatlarni shakllantirishga ham xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati IIB tomonidan bunday tadbirlarning muntazam tashkil etilishi ichki ishlar xodimlarining doimiy ravishda yuqori jismoniy formada bo‘lishini ta’minlab, fuqarolar xavfsizligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

18/08/2026

Topshiriqlar ijrosi: temiryo‘l yo‘lovchilari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Poyezd vagonlarida yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xizmat ko‘rsatish sifati hamda qulayliklar o‘rganildi.

Qonunga sadoqat va xizmat intizomi — xalq ishonchining mustahkam poydevoriSurxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ...
18/08/2026

Qonunga sadoqat va xizmat intizomi — xalq ishonchining mustahkam poydevori

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tizimida xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida qonunchilik talablari va xizmat intizomiga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat vazifalarini vijdonan va mas’uliyat bilan bajarishi, qonun ustuvorligini ta’minlashi, xizmat intizomini mustahkamlashi hamda har qanday huquqbuzarlik va salbiy holatlarning oldini olishi muhim vazifalardan biri ekani ta’kidlandi.
Yig‘ilishda Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ishtirok etib, xodimlarning kasbiy mas’uliyati, xizmat madaniyati va fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq me’yorlariga qat’iy amal qilish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Zero, ichki ishlar organi xodimi uchun qonunga sodiqlik, intizom va mas’uliyat — oddiy talab emas, balki kasbiy burch va yuksak sharafdir.
Xodimning har bir xatti-harakatidan fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan munosabati shakllanadi.
Yig‘ilish yakunida qonunchilik talablariga so‘zsiz rioya qilish, xizmat intizomini yanada kuchaytirish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda aholining ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab berildi.
Qonun ustuvor bo‘lgan joyda — tartib, intizom va ishonch barqaror bo‘ladi!

17/08/2026

Termizdagi xalqaro forumda 6,2 milliard dollarlik investitsiya kelishuvlariga erishildi

Termiz shahrida 14–16-avgust kunlari o‘tkazilgan "O‘zbekiston – Xitoy" investitsiya forumi doirasida Surxondaryoning investitsiya salohiyati xorijiy ishbilarmon doiralariga taqdim etildi.

Forumda Xitoyning 120 dan ortiq kompaniyasidan 350 nafardan ziyod, Afg‘onistonning 46 ta kompaniyasidan 100 dan ortiq vakil ishtirok etdi. Viloyat tomonidan umumiy qiymati 10 milliard dollar bo‘lgan 95 ta investitsiya loyihasi investorlarga taklif qilindi.

Shuningdek, xalqaro forumda O‘zbekiston, Xitoy va Avg‘oniston hukumatlari aʼzolari ishtirok etdi.

B2B va G2B formatlaridagi muzokaralar yakuniga ko‘ra, 63 ta investitsiya loyihasi bo‘yicha umumiy qiymati 6 milliard 253,5 million dollarlik dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Kelishuvlar qurilish materiallari, to‘qimachilik, tog‘-kon, xizmatlar va turizm, qishloq xo‘jaligi, neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik va boshqa tarmoqlarni qamrab oldi.

Shuningdek, "Ayritom" erkin savdo zonasida "Made in Uzbekistan" ko‘rgazmasi o‘tkazilib, mahalliy korxonalarning ishlab chiqarish va eksport salohiyati namoyish etildi.

17/08/2026

Sangardak qishlog‘ida kiberxavfsizlik targ‘iboti

Surxondaryo viloyatining eng olis hududlaridan biri — Sangardak qishlog‘ida kiberjinoyatlarning oldini olish, 🌐 internet va 📱 ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.
Fuqarolarga:
kiberfiribgarlikdan ogoh bo‘lish;
shubhali havolalarga kirmaslik;
shaxsiy ma’lumotlarni begonalarga bermaslik;
noma’lum ilovalarni o‘rnatmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Ogohlik — kiberxavfsizlikning eng muhim chorasi!

Address

Termiz
190100

Alerts

Be the first to know and let us send you an email when Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati posts news and promotions. Your email address will not be used for any other purpose, and you can unsubscribe at any time.

Contact The Business

Send a message to Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati:

Share